Braziliya terma jamoasi Argentina termasini Kopa Amerika—2019 musobaqasi yarim finalida mag‘lub etdi (2:0).
Goal’ning yozishicha, pentakampeonlar Argentinani ketma-ket 5-marta musobaqaning pley-off bosqichidan chiqarib yubordi.
Ma’lumot uchun, 2007 va 2004-yillarda Braziliya Argentinani final bahsida (3:0 va 2:2 (penaltilar seriyasi—4:2)) yutgan bo‘lsa, 1999 va 1995-yillarda musobaqaning 1/4 final uchrashuvida ham mag‘lubiyatga uchratgandi (2:1 va 2:2 (penaltilar seriyasi—4:2)).
Eslatib o‘tamiz, Tite jamoasi musobaqaning final bahsida Chili—Peru uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)