3-iyul kuni Bishkekdagi “Mediaforum” binosi yonida sobiq Qizg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev tarafdorlarining mitingi o‘tkazildi. Bu haqda Sputnik xabar beradi.
Mitingda 500 dan 1,5 mingacha odam ishtirok etdi. Mitingda Almazbek Atambayevning o‘zi ham qatnashdi va nutq so‘zladi.
Miting ishtirokchilari qonunga rioya qilmaslikni to‘xtatish, Vazirlar Mahkamasini iste’foga chiqarish va “xalq ishonchli hukumati”ni tuzishni taklif qildi.
Ular Davlat xavfsizligi xizmati va Ichki ishlar rahbariyati almashtirilishi va huquq tartibot organlarida islohotlar o‘tkazilishini talab qildi.
Bundan tashqari, rezolyutsiyada zudlik bilan siyosiy muxolifatchilar ozod qilishi bayon etilgan. Shuningdek, davlat apparati uchun xarajatlarni qisqartirish va hukumatga yangi yetakchilar kelishini ta’minlash talablari yozilgan.
Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, miting tashkilotchilari butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik aksiyalar uyushtirilishi, prezident iste’foga ketishi va parlamentni tarqatib yuborish talab qilinishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)