Tokio shahrida ilk bor “O‘zbekiston animatsiya festivali” tashkil etildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Tadbir Yaponiyadagi O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi, O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki, Yaponiya animatsiyaga boy davlat hisoblanadi. O‘zbekistonning animatsiya festivalida yaponiyaliklar o‘zbek madaniyati va urf-odatlariga katta qiziqish bildirdi. Tadbir davomida 20 dan ortiq yapon fuqarosiga o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va urf-odatlari haqida tayyorlangan videoroliklar taqdim etildi.
“Festival ishtirokchilari bilan samimiy suhbat qurdik. Yaponiyaliklarga qadimiy Buxoro, Samarqand, Xiva shaharlari va Farg‘ona vodiysi haqida ko‘plab ma’lumotlar berdik. Yapon aholisi o‘zbek milliy kiyimlariga katta qiziqish bildirdi, tadbirda ham milliy chopon va do‘ppimizni hamda atlasdan tikilgan ko‘ylaklarni kiyib ko‘rdi va esdalik uchun suratga tushdi”, — deydi Yaponiyadagi O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi ishchi guruhi a’zosi Sitora Ahmedova.
Izoh (0)