Rossiyalik dizayner Ulyana Sergeyenko yangi 2019/2020 kuz-qish mavsumiga oid yangi kolleksiyasini taqdim etdi, bu haqda Zarnews xabar qiladi.
To‘plamning asosiy qahramoni o‘zbek malikasi bo‘lib, dizayner uni hashamatli liboslar, yopinchiqlar va ipak poyabzallarda yaratdi. Dizaynerning ishlarida yuksak didni ko‘rish mumkin, u liboslar yaltirashi uchun asosiy bezakni toshlarga qaratdi.
Shuningdek, dizaynerning to‘plamida turli ranglarning go‘zal hamohangligini ko‘rish mumkin. Nastarin, qizil, sariq, yashil, to‘q ko‘k, binafsha ranglardagi liboslar juda ham shohona va nafis.
Izoh (0)