Futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Yevropa chempionati finalida Ispaniya (U-21) Germaniya (U-21) bilan 30-iyun, yakshanba kuni chempionlik uchun kurash olib bordi.
Uchrashuv davomida Ispaniya (U21) jamoasi vakillari Fabian Ruis (7) hamda Dani Olmo (69) tomonidan kiritilgan gollarga Germaniya (U21) yarim himoyachi Nadim Amirining 88-daqiqada urgan goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa Ispaniya (U21) Italiya mezbonlik qilgan musobaqa finalida Germaniya (U21) jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi va chempionlikni tantana qildi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya ushbu musobaqada 5 marta, Germaniya esa 2 bor chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Yevropa chempionati—2019 (U21)
Final bahsi
30-iyun, yakshanba
Ispaniya (U21)—Germaniya (U21) 2:1
Gollar: 1:0 — 7 Fabian Ruis, 2:0 — 69 Olmo, 2:1 — 88 AmiriIspaniya (U21): Sivera, Firpo, Nunyes, Agirregabiria, Valyexo, Sebalyos, Fornals (Mayoral, 72), Mark Roka, Olmo, Oyarsabal (Soler, 55), Fabian Ruis (Merino, 78).
Germaniya (U21): Nyubel, Klostermann, Ta, Xenrixs, Baumgartl, Serdar (Noyhaus, 61), Daud, Amiri, Eggeshtayn (Nmecha, 79), O‘ztunali (Rixter, 73), Valdshmidt.
Ogohlantirishlar: Valyexo (33), Nunyes (71), Sivera (83).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)