“Chelsi”ning bir yo‘la 5 nafar futbolchisi jamoani tark etdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
London klubini darvozabonlar Robert Grin va Eduardu, himoyachi Gari Keyxill, yarim himoyachi Kayl Skott va hujumchi Gonsalo Iguain jamoani rasman tark etdi.
Keyxill, Skott hamda Eduarduning klub bilan shartnomasi yakuniga yetdi. Grin faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi, Iguainning esa ijara muddati tugadi va u “Yuventus”ga qaytdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)