Sohib Rajabov ismli fuqaro O‘zbekistonning naqadar xavfsizlik mamlakat ekanligini isbotlash uchun Xonoboddan Mo‘ynoqqa qarab piyoda yo‘lga chiqdi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Exo.Uzbekistana” kanali.

Foto: Telegram / “Exo.Uzbekistana”

“Rajabov Sohib mamlakatning barcha aholisiga O‘zbekiston naqadar xavfsiz va mehmondo‘st ekanligini isbotlamoqchi. Shuningdek, u mamlakatimizning turistik potensiali qanchalar salmoqli ekanligini ko‘rsatib berish niyatida. Buning uchun u Xonoboddan Mo‘ynoqqa qarab piyoda yo‘lga chiqdi. Ular orasidagi masofa 2200 kilometrga teng!

Foto: Telegram / “Exo.Uzbekistana”

Start bugun, 1-iyul kuni Andijon shahridan boshlangan.