Amerikaliklar 2022-yilda Mars va Yupiter o‘rasida joylashgan Psixeya kosmik obyektiga o‘z missiyasini yuboradi. Mazkur obyekt “oltin asteroid” nomini olgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: Pixabay

Asteroid orbitasiga qadar parvoz 2026—2027-yillar oralig‘ida davom etib, uning ustida 20 oydan ortiq vaqt qolinadi. Olimlar osmon jismini maxsus qurilmalar yordamida tadqiq qilish niyatida: ultraspektral tomograf, gamma-nurli va neytronli spektrometr va magnitometr.

Psixeya Oy massasining bir foizini tashkil etadi. Uning tarkibida platina, temir, nikel va oltin mavjud. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, asteroidning umumiy qiymati 700 kvintillion dollarga teng. Bu yer yuzidagi barcha odamlarni milliarder qilishga yetadi.

NASA asteroidga ekspeditsiyani ilm-fan jihatidan, Quyosh tizimini o‘rganish uchun jo‘natmoqda. Biroq bir qator kompaniyalar asteroidlardan qimmatli metallarni olib kelish — istiqbolli sanoat ekanligini ta’kidlamoqda.

Allied Maket Research tahlilchilarining hisob kitoblariga ko‘ra, 2025-yilga borib asteroidlardan qimmatli metallarni qazib olish budjeti davlat va xususiy investitsiyalar hisobiga 3,8 milliard dollarga yetadi.