Turinning “Yuventus” klubi PSJ yarim himoyachisi Adriyen Rabioni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin keldi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Fabritsio Romano o‘zining Istagram’dagi sahifasida xabar berdi.
Turinliklar sport direktori Fabio Paratichi 28-iyun kuni futbolchi hamda uning onasi — agenti Veronika Rabio bilan Parijda uchrashdi. Ma’lum bo‘lishicha, Rabio Turin klubi bilan kelishuvga erishgan hamda u to‘rt yillik shartnomaga imzo chekadi. Bu haqda yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchining Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi iyun oxirida yakuniga yetadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)