Sport arbitraj sudi (CAS) “Milan” hamda UEFA o‘rtasidagi moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan qaror qabul qildi. Bu haqda sudning rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra, “rossonerilar” kelasi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Avvalroq “rossonerilar” UEFAdan Yevrokuboklarda ishtirok etishdan bosh tortish evaziga moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bog‘liq muammolarini hal qilish uchun vaqt so‘ragani haqida xabar berilgandi.
Bunday holatda “Milan” Yevropa Ligasi guruh bosqichidagi o‘rnini “Roma”ga bo‘shatib beradi, “Torino” esa musobaqaning saralash bosqichida ishtirok etadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)