“Barselona” darvozaboni Yasper Sillessen faoliyatini “Valensiya”da davom ettiradi. Bu haqda kataloniyaliklarning rasmiy saytida xabar berildi.
30 yoshli darvozabon yangi klubi bilan 2023-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Sillessenning transfer narxi 35 million yevroni tashkil etdi.
Shartnomaga ko‘ra, uning tovon puli 80 million yevro etib belgilab qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, Yasper Sillessen 3 mavsum “Barselona” sharafini himoya qildi. Shu davr mobaynida u 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)