OAVlar Rossiyaning Chelyabinsk shahrida istiqomat qiluvchi Natalyaga e’tibor qaratdi, deb yozadi Sputnik. Instagram foydalanuvchilari u Gollivud aktrisasi va xonanda Jennifer Lopesga juda o‘xshash ekanligini ta’kidlamoqda.

Foto: EPA

Bu holatga birinchilardan vizajist Yana Panfilovskaya e’tibor qaratdi. Kosmetika yordamida u dongdor aktisaning obrazini takrorladi.

Natalyaning fotosurati internetda tarqalgandan so‘ng, unga ko‘plab kinoda suratga tushish takliflari kela boshladi.

Natalyaning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z hayotini model biznesiga bag‘ishlamoqchi.