“Barselona” hujumchisi Mark Kardona faoliyatini “Osasuna”da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
Pamplona klubi 23 yoshli hujumchini 2,5 million yevro evaziga sotib oldi. Klub futbolchi bilan 2023-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Shuningdek, shartnomaga ko‘ra ispaniyalikning tovon puli 14 million yevro etib belgilab qo‘yildi.
Kardona o‘tgan mavsumni “Eybar”da ijara asosida o‘tkazgandi. U La Liga doirasida 17 uchrashuvda qatnashib, 3 ta to‘p kiritgan va 1 ta golli uzatma bergan.
Ma’lumot uchun, “Osasuna” 2018/19-yilgi mavsumda Segunda g‘olibiga aylanib, La Ligada qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)