24—26-iyun kunlari Bokuda Birlashgan millatlar tashkilotining davlat xizmati bo‘yicha forumi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Telegram’dagi rasmiy kanalida xabar qiladi.
Forum davomida ishtirokchilarga Davlat xizmatlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Aynura Smailova tomonidan O‘zbekiston davlat xizmatlari milliy tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Mutaxassis Davlat xizmatlari markazlari paydo bo‘lishlari bilan sohada bo‘lib o‘tayotgan transformatsiya jarayonlari, mobil davlat xizmatlari, sohani modernizatsiya qilish uchun joriy etiladigan yuqori texnologik yechimlar haqida so‘zlab berdi.
Izoh (0)