Xonanda Sharof Muqimov ikkinchi marta oila qurmoqda. Bu haqda xonandaning yaqin do‘sti Jo‘rabek Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: “Popcorn.uz”

Sharof Muqimov va Xusnoraxonning nikoh to‘yi bugun, 25-iyun kuni poytaxtdagi “Flagman” restoranida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov 2010-yilda xonanda Sevinch Mo‘minovaga uylangan edi. Keyinchalik ularning turmushiga darz ketdi. Xonandalarning Leyla ismli qizi bor.