2019 yil fevral oyining 11 kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudi tomonidan N.Xolmurodov (ism familiyalar o‘zgartirilgan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod

tuman sudining raisi “Daryo” ga xabar berdi.

Foto: O‘zA

Sudlanuvchi Nurbek Xolmurodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tuman bo‘limi davlat ijrochisi lavozimida ishlab kelib, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yuli bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

U Jizzax shahar IIO FMB ga qarashli “Olmazor” mahallasi profilaktika inspektori Q.Yo‘ldoshevga nisbatan fuqaro O.Burxonov Jizzax shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilganligidan xabar topib, profilaktika inspektori Sh.Anvarovdan moddiy manfaat undirish maqsadida, Jizzax viloyat prokuraturasida mansabdor tanishi borligini, u orqali 3 000 000 so‘m e’vaziga Jizzax shahar prokuraturasidagi materialni hal qilib berishni va’da qilib, davlat organi xodimiga pora berishga qiziqtirib, 2017-yil 2-noyabr kuni soat 19:00 larda Jizzax shahrida joylashgan 6-maktab yonida profilaktika inspektori Q.Yo‘ldoshevdan maxsus kukun bilan ishlov berilgan 10 000 so‘mlik kupyuradagi, 3 ta pachka, jami 3 000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini firibgarlik yuli bilan olgan vaqtda ushlangan.

Sud sudlanuvchi Nurbek Xolmurodovga nisbatan jazo tayinlashda uning sodir qilgan jinoyatiga iqror va chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy ahvolini, muqaddam sudlanmaganligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini, ish bo‘yicha moddiy zarar mavjud emasligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasining 1-qismi bilan JK 45, 59-moddalariga asosan 1 (bir) yil 6 (olti) oy muddatga barcha korxona, tashkilot va muassasalarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, eng kam oylik ish haqining 75 (yetmish besh) baravari miqdorida 15 204 750 (o‘n besh million ikki yuz to‘rt ming yetti yuz ellik) so‘m jarima jazosi tayinlandi.