Futbol bo‘yicha Afrika Millatlar Kubogining guruhlarida 24-iyun, dushanba kuni 1-tur bahslari doirasida 3 ta o‘yin yakuniga yetdi.
“D” guruhidan o‘rin olgan bahsda Kot-d’Ivuar terma jamoasi JAR termasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 64-daqiqada kot-d’ivuarlik hujumchi Jonatan Kojia tomonidan kiritildi (1:0). Shu tariqa Kot-d’Ivuar termasi dastlabki turda JARni kichik hisobda mag‘lub etdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
“E” guruhida esa Tunis terma jamoasi Angola termasi bilan bahsga kirishdi.
O‘yinning 34-daqiqasida tunislik yarim himoyachi Yussuf Msakni penaltidan raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 73-daqiqaga kelib Angola a’zosi Jalma Kampush hisobni tenglashtirdi (1:1). Shu tariqa Tunis terma jamoasi Angola termasi bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Kunning so‘nggi bahsida Mali termasi Mavritaniya bilan bellashdi.
Bellashuv davomida Mali termasi vakillari Abdulay Diabi (37), Mussa Marega (45, penalti), Adama Traore III (55) hamda Adama Traore IV (73) bittadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, Mavritaniyadan yarim himoyachi Moktar al-Hasen (72, penalti) penaltidan gol urdi (4:1).
Shu tariqa maliliklar musobaqaning 1-turda Mavritaniya termasi ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Afrika Millatlar Kubogi
1-tur bahslari
24-iyun, dushanba
“D” guruhi
Kot-d’Ivuar—JAR 1:0
Gol: 1:0 — 64 Kojia“E” guruhi
Tunis—Angola 1:1
Gollar: 1:0 — 34, penalti, Msakni, 1:1 — 73 JalmaMali—Mavritaniya 4:1
Gollar: 1:0 — 37 Diabi, 2:0 — 45, penalti, Marega, 3:0 — 55 Traore, 3:1 — 72, penalti, al-Hasen, 4:1 — 73 TraoreYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)