Internetda Qozog‘istonning Aris shahridagi harbiy qismda portlashlar chog‘ida xayrlashuv videosini yozib olgan askar aks etgan video tarqaldi.

“Agar men tirik qolmasam… ota-onam, sizlarni yaxshi ko‘raman”, — deya ko‘ngli buzilib, ko‘ziga yosh olgan askar yigit.

Videoga yon atrofdagi manzara ham tushgan bo‘lib, unda osmonga ko‘tarilayotgan qalin tutunni ko‘rish va qattiq portlash ovozlarini eshitish mumkin.

Bugun, 24-iyun kuni ertalab taxminan soat 09:20 da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.

Jabrlanganlar bor, 31 kishi shifoxonaga jo‘natilgan. Ikki kishi og‘ir ahvolda. Bir kishi halok bo‘ldi. Uning mashinasiga o‘q tushdi.