24-iyun kuni soat 11:20 da 25 yoshli Dildora M. ehtiyotsizlik sababli Olmazor tumanidagi “Qichqiriq” kanaliga yiqilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
O‘sha yerdan o‘tib ketayotgan 27 yoshli Maksim A. qizni qutqarib qoldi. Dildora M.ga birinchi tez yordam ko‘rsatildi.Toshkent shahar IIBB Maksim A.ni jasorati uchun rag‘batlantirishga qaror qildi.
Izoh (0)