Janubiy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan 22 yoshli qirg‘izistonlik ayolning jasadi topildi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.

Foto: Sputnik

Ta’kidlanishicha, 22-iyun kuni o‘zbekistonlik qutqaruvchilar ayolning jasadini topdi. Kelasi kun jasad qarindoshlarga berildi.

Fojia 20-iyun kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol soat 11:00 da kanalga tushib ketgan. Eri uni qutqaraman deb suvga sakragan, uning orqasidan yana bir yigit suvga tushgan. Oxirgi sakragan yigit qirg‘oqqa chiqishga muvaffaq bo‘lgan, biroq er-xotinni suv oqimi olib ketgan.