O‘zbekistonda 2019−2024-yillarda odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha milliy strategiyani qabul qilish hamda shu kabi jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha milliy ma’ruzachi institutini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
20-iyun kuni AQSh Davlat departamenti 189 ta davlatdagi vaziyat tahlil qilingan Odam savdosi to‘g‘risidagi yillik hisobotini e’lon qildi.
Hujjatda O‘zbekistonda har yillik paxta yig‘im-terimi vaqtida katta yoshlilarni majburiy mehnatga jalb qilishga chek qo‘yish, terimchilarga ish haqi miqdori oshirilgani, mustaqil huquq himoyachilari monitoringi jarayoniga jalb qilingan xalqaro kuzatuvchilarning to‘sqinliklarsiz faoliyatini ta’minlash hamda paxta terimida bolalar mehnatini taqiqlash bo‘yicha sezilarli choralar qabul qilingani qayd etilgan.
Majburiy mehnatga barham berishga oliy darajada qat’iy kirishilgani, fuqarolar, jumladan davlat xizmatchilarini majburiy jamoat ishlariga jalb qilishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qonun hujjatlarining qabul qilingani alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Izoh (0)