Kiprda 35 yoshli harbiy xizmatchi yetti karra umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, qotil besh ayol va ikki bolani o‘ldirgan, natijada har bir jabrlanuvchi uchun bittadan umrbod qamoq jazosini olgan.

Aniqlanishicha, ushbu sud jarayoni birinchi majlisdayoq yakunlangan.

Ayblanuvchi o‘z aybini tan olgan va qurbonlar oila a’zolaridan uzr so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, Kiprda sodir etilgan ushbu ketma-ket qotillik mamlakat tarixida birinchi hodisadir.