Namangan shahrida 22-iyun kuni 29-sonli o‘rta maktabning tom qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida tomning 4 kv/m maydoni yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Yong‘in elektr simlarning qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)