Tarmoqda Kolumbiyaning Medelin shahrida ona-bola bilan yuz bergan voqea videosi tarqaldi.

Foto: YouTube

Ayol bolasi bilan qurilish kompaniyasi ofisiga keladi. Liftdan chiqqach, mobil telefoni bilan ovora bo‘lib qoladi. Shu payt o‘g‘li zinapoya oldidagi temir panjara oldiga kelib, ularning orasidan pastga qulaydi.

Ayol oxirgi soniyalarda o‘g‘lining oyog‘idan tutib, uni qutqarib qoldi. Kompaniya xodimlari yordamga shoshib, bolakayni yuqoriga chiqarib olishda ko‘maklashdi.