AQSh prezidenti Donald Tramp Tehron yadroviy quroldan voz kechgan taqdirda, u Eronning eng yaxshi do‘sti bo‘lishini ma‘lum qildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar qiladi.
“Eronni qayta buyuk davlatga aylantiraylik”, — dedi AQSh prezidenti.
Yaqinda Eron AQShning uchuvchisiz harbiy samolyotini urib tushirgan edi. Tramp bunga javoban raketa hujumini Twitter’da tasdiqladi, ammo hujumni so‘nggi daqiqalarda bekor qildi. AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, harbiylar unga raketa hujumi oqibatida 150 nafar qurbonlar bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Izoh (0)