2019-yil 20-iyun kuni Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017-yil 1-mart kunidan 2018-yil 1-mart kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 43 yoshli Sh.H. xorijiy kompaniya “Lebstroy” MChJ nomidan harakatlanayotgan 38 yoshli A.L.ga jami 3,116,893 AQSh dollari miqdorida elektrlashtirish sohasida ishlatiladigan metall konstruksiyalar yetkazib berish tenderda yutib chiqish va unitar korxona tomonidan kelib chiqadigan har qanday muammolarni hal qilib berish evaziga, undan jami 296,163,77 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay kelganligi aniqlanganligi ko‘rsatilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Sh.H. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)