Bitkoin kursi 22-iyundagi savdolar chog‘ida 10 ming dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tdi. Bu haqda, CoinDesk va CoinMarketCap birjalari ma’lumotlariga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.

Foto: Google Photos

Xabar berishlaricha, kurs ko‘tarilish eng avjiga chiqqan vaqtda 10 882 dollarga yetgan. Toshkent vaqti bilan 12:00 da atrofida bitkoin 10,7 ming dollardan sal ko‘proqqa baholanayotgan edi. Qayd etish joiz, bitkoin kursi so‘nggi bor 2018-yil may oyida 10 ming dollardan oshgan edi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘nggi bir yarim oy ichida bitkoin kursi salkam ikki barobarga oshgan — 9-may kuni kriptovalyuta qiymati 6 ming dollardan oshgan edi.