Samarqandda joylashgan “SINO” AJ davlat aksiyalari investorlarga “nol” xarid qiymati bo‘yicha savdoga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi bergan ma’lumotiga tayanib Zarnews xabar qiladi.
Davlat aksiya paketi 88,8 foizni, ustav fondi miqdori 754,01 million so‘mni, investitsiya summasi 15 million dollarni tashkil etadi. Investitsiya kiritish muddati 2 yil.
Tanlov 24-iyul kuni, soat 10:00 da, Samarqand viloyat hokimligida, Ko‘ksaroy maydoni 1-uyda ochiladi. Tanlov savdosi qandaydir sabab bilan belgilangan kuni bo‘lib o‘tmasa, takroriy tanlov savdolari har haftaning chorshanba kunlari, soat 10:00 da viloyat hokimligida xududiy tanlov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Hududiy tanlov komissiyasi ko‘rib chiqishi uchun muhrlab qo‘yilgan konvertda tanlov taklifini taqdim etgan holda tanlovda qatnashish uchun buyurtmanoma qabul qilish tanlov savdosi o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon chop etilgan sanadan boshlanadi va 2019-yil 22-iyul kuni soat 18:00 da to‘xtatiladi.
Tanlovda taklif etilgan shartlar doirasida tegishli hujjatlarni taqdim etgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari (xorijiy sarmoyadorlar) qatnashishi mumkin.
Izoh (0)