Ispaniyada, Madrid yaqinida arxeologlar hududida masjid borligi taxmin qilinayotgan qadim shahar qoldiqlarini topdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Live Science

Rekkopolis vestgotlar davlati poytaxti bo‘lib, uning yoshi taxminan 1400 yilga teng.

Uning xarobalari olimlar tomonidan geomagnit tadqiqotlar davomida batafsil o‘rganib chiqildi. U yerda saroy izlari va Yevropadagi eng qadimiy masjidlardan biri bo‘lishga da’vogar inshoot aniqlandi.

Olimlar katta binolardan biri boshqalardan farq qilishi, uning devorlari joylashuvi esa qibla yo‘nalishida ekanligini payqadi. Bunga faqat qazishma ishlari oydinlik kiritishi mumkin.