Urugvay terma jamoasi hujumchisi Edinson Kavani Kopa Amerika—2019 musobaqasining “C” guruhida 2-turida Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi (2:2).
Opta’ning xabar berishicha, PSJ hujumchisi Urugvay futboli tarixida milliy terma jamoadagi uchrashuvlar soni bo‘yicha Diyego Forlanga yetib oldi va ro‘yxatda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Mazkur ko‘rsatkichda himoyachi Diyego Godin 129 ta uchrashuv bilan yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda esa terma jamoadagi faoilyatini yakunlagan Maksi Pereyra bormoqda. U milliy terma jamoa tarkibida 125 ta o‘yin o‘tkazgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)