“ArMI – 2019” nufuzli xalqaro armiya o‘yinlarining “Qurolsoz usta” tanlovi joriy yilda Xitoyda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar bu safar ham mazkur tanlovda ishtirok etishni rejalashtirgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ta’kidlash kerakki, mazkur xalqaro musobaqada Mudofaa vazirligi harbiylari 2017-yilda faxrli ikkinchi o‘rinni, 2018-yilda esa umumjamoa hisobida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. “ArMI – 2019” nufuzli xalqaro musobaqasida munosib ishtirok etish maqsadida harbiy xizmatchilarimiz ayni kunlarda Chirchiq dala-o‘quv maydonida jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bir hafta davom etadigan “Qurolsoz usta” tanlovi 5 ta bosqichdan iborat.
Shu bois erta tongdan tunga qadar mashq qilayotgan o‘zbekistonlik harbiylar musobaqa davomida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
Izoh (0)