Jizzax viloyati Forish tumani markazida “Yangi qishloq” jome masjidi binosi qurilishi boshlandi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, masjid jamoati, nuroniylar ishtirokida yangi masjid binosining dastlabki g‘ishtini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilganlar ezgu niyatlar bilan birinchi g‘ishtni qo‘ydi. Marosimda masjid tez orada qad ko‘tarib, hudud aholisining diniy-ma’rifiy bilimlari, axloqi, ibodatlari uchun munavvar maskan bo‘lib xizmat qilishiga tilak bildirildi.
Masjid tuman markaziga yaqin, Jizzax—Nurota—Navoiy katta avtoyo‘li yoqasida ibodatga keluvchi mahalliy namozxonlar hamda hududga ziyoratga kelgan sayyohlar qulay joyda barpo etilmoqda. 800 kishiga mo‘ljallangan yangi masjid katta xonaqoh, tahoratxona, ayollar uchun alohida namozxona, qo‘shimcha inshootlari, hovlisi bilan jami olti sotix maydonda barpo etiladi.
Kelajakda masjid hovlisida yordamchi xo‘jalik tashkil etilib, issiqxona barpo etish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)