Hindistonning Ximachal-Pradesh shtatida yo‘lovchi avtobusi tog‘ darasiga quladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: ANI

Hodisa oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘ldi, yana 35 kishi jarohatlandi.

Falokat Kullu tumanida ro‘y berdi. Mahalliy politsiyaga ko‘ra, Banjar shahridan Gadagushani tumaniga yo‘l olgan avtobusga me’yordagidan ancha ortiq yo‘lovchi olingan.