19-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda IIB formasini kiyib olgan haydovchi qandaydir buyum bilan Captiva avtomobilining chap orqa eshigini va old chap qanotini tirnagan videosi paydo bo‘ldi. Tekshiruvlar natijasida bu voqea 17-iyun kuni soat 8:10 da yuz bergani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Yashnobod tuman Ichki ishlar boshqarmasi xodimi D.S. xizmat yuzasidan yo‘lda ketayotganida Captiva avtomobilining noqulay joylashuvi tufayli o‘zining Matiz avtomashinasida o‘tib ketolmagan. Xodimning so‘zlariga ko‘ra, ilgari Captiva avtomashinasining haydovchisi E. B. ko‘p marta mashinasini mana shunday holda qoldirib, boshqa haydovchilar uchun yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Ogohlantirishlarga esa e’tibor bermagan.
Xabarda aytilishicha, IIB xodimiga nisbatan ichki tergov o‘tkaziladi. Zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Izoh (0)