O‘tgan yilning noyabr oyida Germaniyada yosh musulmon bir odamni qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qilgan edi. O‘shanda 17 yoshli Mustafo Alptug‘ Suzen metro reyslariga tushib ketgan bir inson hayotini saqlab qolib, biroq o‘zi yaqinlashib kelayotgan poyezdning g‘ildiraklari ostida qolib ketgan. Fojiali voqea sodir bo‘lganidan so‘ng, Frankfurt ma’muriyati va Deutsche Bahn temir yo‘l kompaniyasi Frankfurt shahridagi eng serqatnov metro bekati bo‘lgan Ostendshtrasse bekati nomini vafot etgan musulmon qahramonning sharafiga uning nomi bilan atashga qaror qildi, bu haqda “Islom.uz” xabar qiladi.
Endi uning nomi Alptug‘ Suzen / Ostendshtrasse deb atalmoqda. Xabar berilishicha, metro bekati nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi petitsiya 56 mingga yaqin imzo to‘plashga muvaffaq bo‘lgan va uni Frankfurt shahar hokimi Piter Feldman qo‘llab-quvvatlagan. Ko‘pchilik 17 yoshli qahramonning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikning rasmiy ochilish marosimiga tashrif buyurdi. U yerda Turkiyadan kelgan yigitning otasi, uning qarindoshlari ham hozir bo‘lgan. Tadbirda, shuningdek, Alptug‘ning sinfdoshlari, do‘stlari va shahar aholisi, turli millat va dinlarning yosh vakillari ham qatnashgan.
Izoh (0)