Qozog‘istonda ruxsat berilmagan mitinglarni oldini olish jarayonida 300 dan ortiq politsiyachi jarohatlandi. Ulardan 6 nafar shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Nur-Sulton va Olma-Otada ommaviy norozilik aksiyalari o‘tkazildi. Saylov kunida ikkita yirik shaharda yuzlab kishilar qo‘lga olindi. Dushanba, 17-iyun kuni ham politsiya ko‘plab namoyishchilarni ushladi.
Ommaviy namoyishlarga aholini internet orqali Fransiyada istiqomat qiluvchi “Qozog‘iston demokratik tanlovi” (ekstremistik deb tan olingan) harakati rahbari Muxtar Ablyazov chorladi. U o‘z tarafdorlarini prezident saylovlarini boykot qilishga chaqirdi.
“Uch yuzdan ortiq politsiya xodimlari tan jarohat oldi, hozirgi vaqtda ulardan 6 nafari shifoxonada. Bu 3 sutka – 9, 10, 11-iyun... Politsiya hech qanday maxsus vositalarni qo‘llamadi”, — deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, saylov davrida 9 va 10-iyun kunlari Nur-Sulton va Olma-ota shaharlarida o‘tkazilgan noqonuniy mitinglar davomida 700 ga yaqin kishi qo‘lga olingan.
Izoh (0)