Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxtida ko‘plab qiziqarli va zamonaviy binolar mavjud bo‘lib, ularning barchasi hashamatli va chiroyli ko‘rinishga ega. Ularning orasida Al-Bahar deb nomlangan ikkita egizak minoralar mavjud. Bular eng baland hisoblanmasa ham innovatsion xususiyatga ega. Ularning yaratuvchilari ilojsiz narsani yarata oldi: binoning ichida katta konditsioner tizimdan foydalanmagan holda qulay mikroiqlim tashkil qilindi. Travel Ask minoralarning suratini taqdim etdi.
Yozda harorat soyada 40°C atrofida bo‘lgan bir paytda quyoshning nurlari ostida joylashgan binoda ofis xodimlarining ishlashi uchun normal haroratni saqlab turish oson ish emas. Qishda Abu-Dabida, tabiiyki, 20—25ºC atrofida bo‘lishi qulay, ammo, afsuski bu yil davomida faqatgina uch oy davom etadi, keyin esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi.
Izoh (0)