13-iyun kuni Termiz shahri Denov ko‘chasida kunduzi bir ayolning tilla taqinchog‘ini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 2019-yil 13-iyun kuni Istiqlol mahallasida yashovchi M.X. IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 12.00 larda noma’lum shaxs, Tuproqqo‘rg‘on mahallasi Denov ko‘chasidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida uning bo‘ynidan umumiy qiymati 2,5 mln. so‘mlik tilla zanjirini tortib olib ketganligini ma’lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Termiz shahar Gulira’no mahallasida yashovchi S.X. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)