Tailandda Denge bezgagi epidemiyasi e’lon qilindi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
U yerda yil boshidan buyon qariyb 30 ming kishi shu kasallikka chalingan.
Infeksiya chivin chaqishi orqali yuqadi. Bemorlarda yuqori harorat, zaharlanish, toshmalar, shuningdek, gemorragik sindrom kuzatiladi. Denge bezgagiga qarshi vaksina yo‘q.