Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Qibray tumanida nimadir bo‘lyapti”, “Hammayoqda organ xodimlari”, “Reyd bo‘lsa kerak” degan ovozalar tarqaldi.

Foto: Toshkent viloyati IIB axborot xizmati

Toshkent viloyati IIB axborot xizmati ko‘ra, aslida tumanda xayrli tashabbus — obodonlik tadbirlari olib borilmoqda.

Qibray tumani markazida joylashgan 7 ta (Zebuniso, “Sohibkor”, “Iftixor”, G‘afur G‘ulom, “Shodlik”, “Yangiobod” va Beruniy) mahallalarida obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIB axborot xizmati

Ushbu mahallalar hududidagi 126 ta ko‘cha hamda shu ko‘chalarda joylashgan 69 ta bino, maishiy obyektlar, 3700 ta xonadon ro‘yxati shakllantirilib, har bir ko‘cha, ob’ektning haqiqiy holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Xususan:

“Shodlik” mahallasidagi Beruniy va “Vatanparvar” ko‘chalariga yangi asfalt qoplandi;

“Sohibkor” mahallasi “Ifor” ko‘chasida yig‘ilib qolgan chiqindilar maxsus texnika yordamida olib tashlandi va daraxtlar shox-shabbalardan tozalandi;

Zebuniso ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning oldi qismi qarovsiz, tashlandiq holga kelib qolganligi aniqlanib, bu yerda obonlashtirish ishlari tashkil etildi;

“Toshkent—Chirchiq—Chimyon”yo‘lining yon atrof qismi va yo‘l bo‘yidagi ariqlar chiqindilardan tozalandi, 12 ta yo‘l belgisi o‘rnatilib, 3 kilometrdan oshiq yo‘lga chiziqlari chizildi.

Foto: Toshkent viloyati IIB axborot xizmati

Ushbu tadbirlarga 1500 nafardan ortiq korxona-tashkilot xodimlari va fuqarolar, maxsus texnika, yuk mashinalari va “Maxsustrans” avtomashinalari jalb etildi.

Bugungi kunda tumanda hududlarni obodonlashtirish borasidagi belgilangan tadbirlar jadal davom ettirilmoqda. Qibrayda boshlangan obodonlik ishlari viloyatning barcha shahar-tumanlarida bosqichma-bosqich olib boriladi.

Foto: Toshkent viloyati IIB axborot xizmati