Argentina terma jamoasi Kopa Amerika—2019 musobaqasining 1-turida Kolumbiya termasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:2).
Ushbu o‘yinda hujumchi Lionel Messi gol urishning uddasidan chiqa olmadi. Shuningdek, u terma jamoa safida so‘nggi 13 ta o‘yindan 10 tasida gol ura olmadi.
Bunga qadar 31 yoshli hujumchi terma jamoa tarkibida Gaitiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (4:0) hamda Jahon Chempionati—2018 saralash bahsida Ekvador bilan kechgan bahsda 3 tadan gol urgandi (3:1). Bundan tashqari Messi Jahon Chempionatida Nigeriya darvozasini 1 marotaba ishg‘ol qilgandi (2:1).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)