“Real”ning yarim himoyachi Marko Asensio borasidagi pozitsiyasi o‘zgardi, deya xabar berdi Cadena Ser.
Madrid klubi Asensioni kerakli o‘yinchi deb hisoblamaydi va u uchun tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq “Qirollik klubi” Asensioning transferini muhokama qilishdan bosh tortgandi.
Shu bilan birga ispaniyalik “Santyago Bernabeu”dan ketishni istamayapti.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2018/19-yilgi mavsum La Ligada 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)