UFC jangchisi Habib Nurmagomedov Angliya Premyer ligasi uchrashuvlarini muntazam ko‘rib borishini hamda “Real”ga muxlislik qilishini ma’lum qildi. Bu haqda BT Sport ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Siz futbol muxlisimisiz?

— Men nafaqat muxlisman, balki futbol tarixini ham juda yaxshi bilaman. Men uchun Angliya Premyer ligasi dunyodagi eng yaxshi liga hisoblanadi. Barcha uchrashuvlarini kuzatib boraman.

— Sevimli jamoangiz qaysi? BalkiLiverpuldir?

— Menga “Liverpul” yoqadi. 2005-yil bo‘lib o‘tgan “Milan”ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi finalini ko‘rganim esimda. Dog‘istonda sohil bo‘yida katta ekran bo‘lar edi. O‘yinni ko‘rish uchun 1000 ga yaqin odam yig‘ilar edi.

Birinchi bo‘limdan so‘ng “Liverpul” 0:3 hisobida yutqazayotgandi, lekin ularning g‘alaba qozonishiga ishonardim. Menga ushbu klub juda yoqardi. Milan Barosh, Vladimir Shmitser, Yon-Arne Risye, Sami Hyuyupiya, Stiven Jerrard… bu dahshatli jamoa edi.

Hozir “Liverpul” ajoyib jamoa sifatida shakllandi. Men Yevropa Chempionlar Ligasining “Liverpul” ishtirokidagi barcha uchrashuvlarini ko‘rdim.

Lekin men “Real”ning ashaddiy muxlisiman. Menga Premyer liga uchrashuvlarini ko‘rish yoqadi, hattoki kuchsiz klublari o‘yini ham.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!