Ayni kunlarda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishi uchun Call-markaz ish boshladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Respublikada 2019—2020-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Call-markaz tashkil etildi.
Fuqarolar (71) 246-16-04 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin.