Joriy yilning 15-iyul kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida muddatidan avval hisobot-saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Mazkur tadbirda O‘FA prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Saylovlarda Ravshan Ermatov nomzodi ilgari surilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Ochilboy Ramatov O‘FA prezidenti sanaladi. Ravshan Ermatov esa oldinroq O‘FA vitse-prezidenti lavozimini egallagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)