FIFA referisi Ravshan Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi, deb xabar bermoqda Xalqaro press klub.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimida Ravshan Ermatov ish boshlashi aniq bo‘lib ulgurgan.
Avvalroq mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelgan Umid Ahmadjonov o‘z arizasiga ko‘ra, ishdan ketgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov sanaladi. Biroq Ramatov hukumatda ish yuritishi sabab tashkilotda o‘zbek futboliga birinchi vitse-prezident javobgar hisoblanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)