Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi harbiy qism xizmatchilari va “Vatanparvar” mahallasi faollari muhtoj oilalarning bir guruhiga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, harbiylar 2-guruh nogironi Ahad Ahmedov va boquvchisini yo‘qotgan Mavluda Musurova xonadonlarida bo‘ldi.
Birinchi xonadon bekasi – Shafoat Mutalova turmush o‘rtog‘i 2-guruh nogironligi sababli uyini ta’mirlab berilishini so‘rab bir necha marotaba tuman hokimligiga murojaat qilgan va amaliy natija bo‘lmagan ekan. Harbiylar mazkur xonadonda ta’mirlash ishlarini boshlab yubordi. Uyning tomi yopildi. Nosoz elektr simlari yangisiga almashtirildi. Deraza o‘rnatilib, xonadon ichki qismida montaj ishlari yakuniga yetkazildi.
Shuningdek, Bekkeldi qishlog‘i Baxmal mahallasida istiqomat qilayotgan boquvchisini yo‘qotgan Mavluda Musurova va uning qizi, 2-guruh nogironi Iroda To‘lqinova oilasiga mikroto‘lqinli pech va oshxona anjomlari sovg‘a qilindi.
Izoh (0)