Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson mamlakat bosh vaziri va Koservatorlar partiyasi yetakchisi lavozimlarini egallash uchun o‘z saylov kampaniyasiga start berdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Boris Jonson
Foto: AP

O‘z dasturi doirasida 12-iyun kuni Londonda nutqqa so‘zlagan siyosatchi mamlakat 31-oktabrda Yevropa Ittifoqini tark etishiga va’da berdi. U Konservatorlar partiyasi yetakchisi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilganidan beri birinchi marta ommaviy nutq so‘zladi.

“Brexit’ni amalga oshirishda o‘tkazib yuborilgan uch yil va ikki yil qo‘shimcha muddatdan so‘ng, biz Yevropa Ittifoqini 31-oktabrda tark etishimiz lozim. Bu mamlakat va jamiyatni birlashtirish payti keldi”, — degan Jonson va bunga faqat Yevroittifoqdan chiqish orqali erishish mumkinligini ta’kidlagan.

Britaniyada yangi bosh vazir kim bo‘lishi iyul oyi oxirigacha ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.