AQSh Harbiy havo kuchlari 26 nafar turkiyalik harbiy xizmatchini F-35 qiruvchi samolyoti bilan ishlash dasturidan chetladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

CNN telekanalining Pentagondagi manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, mazkur qaror Arizonadagi “Lyuk” aviabazasining brigada generali Todd Kenterberi tomonidan qabul qilingan. Turkiyalik harbiylarni amerikalik uchuvchilar jiddiy shaxsiy muammolari sabab parvozlardan chetlatiladigan sabab bilan mashg‘ulotlarga kiritish taqiqlangan.

Pentagon vakili podpolkovnik Mayk Endryus turkiyalik harbiy xizmatchilarni F-35 dasturi bo‘yicha tayyorlash to‘xtatilganini tasdiqlagan.

Uning ta’kidlashicha, Anqara o‘z siyosatini o‘zgartirmas ekan, amerikalik harbiylar Turkiyaning ushbu dasturda ishtirokini to‘xtatishni davom etadi.

Avvalroq, AQSh beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini Turkiyaga yetkazib berishdan bosh tortgan edi. Bunga Anqara Rossiyaning C-400 zenit raketa tizimini xarid qilishga urinayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.