Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab “Tashkentland” bog‘idan “Radisson” mehmonxonasiga boradigan yo‘ldagi va Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi bo‘ylab Parkent ko‘chasidan Boyqo‘rg‘on 2-tor ko‘chasigacha bo‘lgan hududdagi suv quvurlari yangilandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: UZ24

“Endi bu yerlarda drenaj tizimlari noqulaylikni yuzaga keltirmaydi deb umid qilamiz”, — deyiladi xabarda.